
Xitoyda robot-itlar ko‘payib ketdi
24.05.2025 | 19:0011244

Ularning ko‘pqirraligi va texnologik imkoniyatlari mamlakatda yangi innovatsion davrni boshlamoqda. «s»
Xitoyda robot-itlar turli sohalarda faoliyat yuritmoqda. Pekinda ular o‘rmonlarni patrul qilishda, Chjoushan portida konteynerlarni nazorat qilishda, Sindaoda esa qutqaruv ishlarida ishtirok etmoqda. Xanchjoudagi «suv razvedkachisi» 20 km masofani bosib o‘tib, 5 daqiqada suv sifatini baholaydi. Tayshan tog‘larida esa ular 120 kggacha yuklarni tashishda yordam beradi.
Kundalik hayotda ham robot-itlar ahamiyati oshib ketdi. 83 yoshli Xanchjoulik ayol o‘zining «Syaosi» nomli robot yordamchisi bilan sayr qiladi. Bu robot dorilarni eslatadi, ovqat tavsiya qiladi va ehtiyoj bo‘lganda yordam chaqirish imkoniyatiga ega. Maktablarda esa ular mashqlar o‘tkazishda va bolalarni fanga qiziqtirishda faol ishtirok etmoqda.
Turizm sohasida robot-itlar yangi ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Shanxayguanda ular an’anaviy raqslar bilan sayyohlarni xursand qilsa, Xebanshandagi tog‘ yo‘llarida gid sifatida xizmat qilmoqda. Guychjou geologiya muzeyida esa turli tillarda so‘zlashuvchi va turli xarakterga ega robotlar ekskursiyalar o‘tkazmoqda.
Sport tadbirlarida ham robot-itlar faol. Chunzindagi marafonda ular tomoshabinlarga raqs tushib berdi va sportchilarga suv hamda ozuqa yetkazib berdi.
Tmall ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyidan beri «AI robotlar» bo‘yicha izlashlar 21 barobarga oshgan va 27 fevraldan 8 martgacha bo‘lgan muddatda sotuvlar 400 foizga o‘sgan. Taxminlarga ko‘ra, 2030 yilga kelib, to‘rt oyoqli robotlar bozori 8 milliard yuanga (1,11 milliard dollar) yetishi va 560 mingdan ortiq robot-it sotilishi kutilmoqda.





