add

Xitoyda skuterlar natriy-ion batareyalariga talabni oshirmoqda

Xitoy elektr skuterlar orqali arzon va xavfsiz natriy-ion batareyalarini ommaviy joriy etishda dunyoda peshqadamga aylanmoqda. Bu texnologiya litiy-ion va qo‘rg‘oshin-kislota akkumulyatorlariga muqobil sifatida ko‘rilayotgani bejiz emas.

Xitoyda skuterlar natriy-ion batareyalariga talabni oshirmoqda
Hanchjou shahridagi «Yadea» kompaniyasi natriy-ion batareyasiga ega uchta yangi skuter modelini namoyish qildi. Bu skuterlarni 15 daqiqada 80 foiz gacha zaryadlash yoki QR-kod orqali batareyani almashtirish mumkin. Kompaniya Shenchjenda 150 mingta yetkazib beruvchi ishtirokida sinov dasturini boshlagan. Natriy-ion batareyalari bir qancha afzalliklarga ega: ular xavfsizroq, qizimaydi, sovuq havoda samarali ishlaydi va litiyga qaraganda arzonroq. Shu bilan birga, ularning energiya sig‘imi pastroq bo‘lgani uchun avtomobillar uchun hali ommaviy qo‘llashga tayyor emas. Xitoyda 2023 yilda 55 milliondan ortiq ikki g‘ildirakli elektr vositalari sotilgan. Bu ko‘rsatkich texnologiyani ommalashtirish uchun mustahkam bozor asosini yaratadi. 2030 yilga kelib Xitoydagi elektr skuterlarning 15 foizi natriy-ion batareyalariga ega bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Qiyos uchun, 2023 yilda bu ko‘rsatkich atigi 0,04 foiz edi. Natriy-ion texnologiyasi shuningdek, shamol va quyosh energiyasini saqlashga mo‘ljallangan stansiyalarda ham ishlatilayotgani qayd etilmoqda. Bu kabi statsionar tizimlarda batareya og‘irligi muammo emas. Ayni paytda narxi litiy batareyalariga nisbatan 60 foizi qimmatroq bo‘lsa-da, tahlilchilar farq qisqarishini va texnologiyaning global bozorda raqobatbardosh bo‘lishini kutmoqda.

Teglar

Mavzuga oid