add

Xitoyga ketayotgan Prezident 5 kun nimalar bilan band bo‘ladi?

30.08.2025 | 10:002173

Bugun Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrif bilan yo‘l oladi. Davlat rahbari matbuot xizmati prezident kun tartibini e’lon qildi.

Xitoyga ketayotgan Prezident 5 kun nimalar bilan band bo‘ladi?
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Jinpingning taklifiga binoan 30 avgust - 3 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisi 31 avgust - 1 sentyabr kunlari Tyanjin shahrida o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi va «SHHT plyus» formatidagi sammitda ishtirok etadi. «Tadbirlar kun tartibidan ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning dolzarb jihatlari o‘rin olgan. Uning yakunida Tyanjin deklaratsiyasi, xavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, «yashil» sanoat, energetika, turizm va boshqa sohalarda sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma hujjatlar va qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. 2 sentyabr kuni Pekin shahrida davlat rahbari XXR Raisi Si Jinping bilan muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, Xitoy rasmiy shaxslari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston prezidenti 3 sentyabr kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoyga ketayotgan Prezident 5 kun nimalar bilan band bo‘ladi? | Vaqt.uz