add

Xizmat ko‘rsatish hajmi 1 kvadrillion so‘mdan oshdi: yetakchi hudud va yo‘nalishlar qaysilar?

Bugun 17:301 daqiqa

2025 yilda O‘zbekistonda xizmatlar sohasidagi deyarli barcha yo‘nalishlar yuqori o‘sishni qayd etdi.

Xizmat ko‘rsatish hajmi 1 kvadrillion so‘mdan oshdi: yetakchi hudud va yo‘nalishlar qaysilar?

2025 yil davomida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 kvadrillion 50,3 trln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 14,7 foizga yuqori bo‘lib, xizmatlar sohasi iqtisodiyotdagi eng faol tarmoqlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Yetakchi yo‘nalishlar

Tarmoqlar kesimida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallab, 2025 yilda ular hajmi 187 trln so‘mga yetdi. Yashash va ovqatlanish xizmatlari 226,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Moliyaviy xizmatlar hajmi 171,9 trln so‘mgacha o‘sib, yillik o‘sish sur’ati 24,6 foizni qayd etdi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 79,5 trln so‘mga yetib, eng yuqori o‘sish sur’atlaridan birini namoyon qildi.

Shuningdek, transport xizmatlari 188,3 trln so‘mni tashkil etdi, uning salmoqli qismi avtotransport hissasiga to‘g‘ri keldi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijara, shaxsiy va muhandislik xizmatlarida ham barqaror o‘sish kuzatildi.

Hududlar kesimida ko‘rsatkichlar

2025 yilda xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik ulushi respublika bo‘yicha 56,7 foizga yetdi. Hajm jihatidan Toshkent shahri yetakchi bo‘lib, bu yerda 162,6 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. Farg‘ona (54,3 trln so‘m), Toshkent viloyati (52,4 trln so‘m) va Samarqand viloyati (50,9 trln so‘m) ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega hududlar sifatida qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Namangan, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida ham xizmatlar sohasida o‘sish sur’atlari 112–116 foiz oralig‘ida shakllandi.

Teglar

Mavzuga oid