Logo

Xodimlarining soliqdan qarzdorligi eng ko‘p bo‘lgan 3 ta tashkilot nomi ma’lum bo‘ldi

Bugun 20:251 daqiqa

Respublika bo‘yicha barcha korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlar 282,8 milliard so‘m yer solig‘i va 215,9 milliard so‘m mol-mulk solig‘ini haligacha to‘lamagan.

Xodimlarining soliqdan qarzdorligi eng ko‘p bo‘lgan 3 ta tashkilot nomi ma’lum bo‘ldi © ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlar tomonidan 2026-yilda to‘lanmasdan qolayotgan mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorlik miqdori 498,7 milliard so‘mdan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi statistikasida keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2026-yil 22-iyul holatiga ko‘ra, 183 ming 668 ta tashkilotning 885 ming 336 xodimida 1 million 69 ming 710 soliq obyekti bo‘yicha 282,8 milliard so‘m yer solig‘i va 215,9 milliard so‘m mol-mulk solig‘i, umumiy hisobda 498,7 milliard so‘m to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

0


Bu qarzning katta qismi tijorat tashkilotlari xodimlariniki bo‘lib, ularda 387,9 milliard so‘m soliq qarzi bor. Budjet tashkilotlari xodimlarining qarzdorligi 90,8 mlrd so‘mga, nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlariniki esa 20 mlrd so‘mga teng.

Xodimlari eng ko‘p soliq to‘lashi lozim bo‘lgan tashkilotlar top 3 taligi quyidagilar:

«Temiryo‘llarinfratuzilma» AJ — 5,6 mlrd so‘m;

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ — 4,2 mlrd so‘m;

«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ — 4,1 mlrd so‘m.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish, fiskal tahlillar instituti direktorining o‘rinbosari Dilshod Sultonov 1 foizlik soliq keshbeki tizimini tezroq bekor qilishni taklif qilgandi.

Teglar

Mavzuga oid