add

Xorazmda «mehnat staji qilib beruvchi» mutaxassis qo‘lga olindi

11.08.2025 | 10:1549602

Gurlan tumanida soliq idorasi mutaxassisi ishlamagan fuqarolarga soxta mehnat staji va ish haqi hisoblab, ma’lumotnoma rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan soliq idorasi mutaxassisi qo‘lga olindi.

Xorazmda «mehnat staji qilib beruvchi» mutaxassis qo‘lga olindi
DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi xabariga ko‘ra, «Soliq servis» davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi ikki nafar mahalliy fuqaroga 2025 yil yanvar–iyun oylari oralig‘ida ishlagan deb rasmiy ma’lumotnoma tayyorlashni taklif qilgan. U bu ishni soliq organlaridagi tanishlari orqali amalga oshirishini aytgan. DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mutaxassis o‘z xizmati evaziga 12 mln 500 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan. Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Vakolatli organlar bunday holatlar korrupsiyaga qarshi kurashda jiddiy e’tiborda ekanini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid

Xorazmda «mehnat staji qilib beruvchi» mutaxassis qo‘lga olindi | Vaqt.uz