add

XVJ rahbari: global inflatsiya pasayadi, savdoda integratsiya zarur

Kristalina Georgiyeva geosiyosat, savdo siyosati, texnologiya va demografik o‘zgarishlardagi jiddiy siljishlarga qaramay, jahon iqtisodiy o‘sishi “ajablanarli darajada barqaror” bo‘lib qolganini aytdi.

XVJ rahbari: global inflatsiya pasayadi, savdoda integratsiya zarur

Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) boshqaruv direktori Kristalina Georgiyeva bugun, 2-fevral kuni Dubayda bo‘lib o‘tayotgan Arab moliya forumida geosiyosat, savdo siyosati, texnologiya va demografik o‘zgarishlardagi jiddiy siljishlarga qaramay, jahon iqtisodiy o‘sishi “ajablanarli darajada barqaror” bo‘lib qolganini aytdi.

Uning aytishicha, global inflatsiya joriy yilda 3,8 foizgacha, 2027 yilga kelib esa 3,4 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Bu jarayon talabning susayishi va energiya narxlarining pasayishi hisobiga yuz bermoqda.

Shuningdek, Georgiyeva bir tomonlama savdo kelishuvlari soni ortib borayotgan bir paytda, savdoda kengroq integratsiya zarurligini qayd etdi.

«Savdo parchalanishi sharoitida savdoning yanada chuqur integratsiyasi mutlaqo muhim», – dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, joriy yilda savdo hajmi kutilganidek keskin pasaymadi. Aksincha, savdo jahon iqtisodiy o‘sishidan biroz sekinroq sur’atda o‘smoqda.

Teglar

Mavzuga oid