Logo

Yangi haftada ham banklarda avtokreditlarning o‘rtacha foizi rekord darajada pasaydi

Kecha 13:253 daqiqa

Bu ko‘rsatkich Markaziy bank mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha haftalik foiz stavkalarini e’lon qila boshlaganidan beri qayd etilgan eng past daraja bo‘ldi.

Yangi haftada ham banklarda avtokreditlarning o‘rtacha foizi rekord darajada pasaydi © invezz.com

Markaziy bank 2026-yil 20-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Yangi haftada mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 28,6 foizni tashkil etdi. Avtokreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha stavka 21,3 foizgacha pasayib, Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni e’lon qilishni boshlaganidan beri eng past daraja bo‘ldi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 29,0 va 21,4 foiz bo‘lgandi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 22,6 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Trastbank» 23,9 foiz, «Infinbank» 24,0 foiz, «Asia Alliance bank» 24,3 foiz va «Milliy bank» 25,2 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «BRB» 25,8 foiz, «Agrobank» 26,3 foiz, «OFB» 26,5 foiz, «Xalq banki» 26,6 foiz, «Mikrokreditbank» 26,7 foiz, «Kapital bank» 27,0 foiz, «Asaka bank» 27,1 foiz, «SQB» 27,3 foiz va «Poytaxt bank» 27,6 foiz stavkada mikroqarz taklif qilmoqda.

Yuqori segmentda «Turon bank» 28,1 foiz, «Garant bank» 28,7 foiz, «Hamkorbank» 30,0 foiz, «Universal bank» 30,2 foiz, «Apex bank» 31,3 foiz hamda «Ipak Yo‘li banki» 32,9 foiz stavka taklif qilmoqda.

Eng yuqori stavkalar «Ipoteka bank» 33,7 foiz, «Davr bank» 34,6 foiz, «TBC bank» 35,4 foiz, «Uzum bank» 38,0 foiz, «AVO bank» 39,9 foiz, «Anor bank» va «Tenge bank»da 40,9 foiz bilan qayd etildi.

1

Manba: Markaziy bank


Avtokreditlar

Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,4 foiz bilan «BRB»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Ipoteka bank» 19,1 foiz, «Davr bank» 19,8 foiz, «Garant bank» 20,4 foiz, «Apex bank» 20,5 foiz va «Aloqabank» 20,8 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «SQB» 21,6 foiz, «Ipak Yo‘li banki» 22,1 foiz, «Turon bank» 22,4 foiz, «Asaka bank» va «TBC bank» 22,5 foizdan, «OFB» 22,7 foiz, «Milliy bank» 23,2 foiz, «Xalq banki» 23,6 foiz, «Hamkorbank» 23,7 foiz hamda «Mikrokreditbank» 24,0 foiz stavkada avtokredit ajratmoqda.

Yuqori segmentda «Asia Alliance bank» va «Agrobank» 24,6 foiz, «Trastbank» 24,7 foiz stavka taklif qilmoqda. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, avtokreditlar bo‘yicha eng yuqori stavka 24,7 foiz bilan «Trastbank»da qayd etilgan.

2

Manba: Markaziy bank


Ma’lumot uchun, yil boshidan beri aholiga berilgan kreditlar qoldig‘i 3,1 foizga ko‘payib, 227,1 trln so‘mga yetgan. Bunda avtokreditlardan boshqa barcha kreditlarda o‘sish kuzatilgan. Banklardagi aholining avtokreditlari qoldig‘i 1-yanvarga nisbatan 0,4 foizga pasayib, 39,56 trln so‘mgacha tushgan.

Banklarda avtokredit ajratish 2023 yildan keyin kamayishni boshladi. Bunga Markaziy bank tomonidan kiritilgan cheklovlar sabab bo‘ldi. Regulyator risklarni oldini olish maqsadida banklarning kredit portfeliga avtokreditlar uchun 25 foizlik cheklov joriy qilgandi.

Natijada avtokredit ajratish pasayishni boshladi va bu ikkilamchi bozordagi avtomobil narxlariga ham ta’sir qildi — 17-18 ming dollar sotilgan Cobalt narxlari bozorda 10-11 ming dollargacha tushib ketdi. 2023 yilda aholi uchun eng ommabop kredit avtokredit bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib ularning o‘rnini mikroqarzlar egalladi.

Biroq, yaqin yillarda mikroqarzlar uchun banklarning kredit portfeliga 25 foizlik cheklov joriy qilinishi kutilyapti. Shu sababli yangi tartibga banklar allaqachon moslashishni boshlab yuborgan. Bu bir tomondan mikroqarzlar foizini pasaytirayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan ularni olish imkoniyatini qiyinlashtirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid