add

Yangi Toshkent xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda

04.07.2025 | 18:0043763

Yangi Toshkent loyihasi O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo uchun yangi, yashil va barqaror shahar modelini shakllantirayotgan xalqaro ahamiyatga ega tashabbus sifatida jahon hamjamiyati tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda.

Yangi Toshkent xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda
Yangi Toshkent loyihasi nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham innovatsion shaharsozlik laboratoriyasiga aylanmoqda. Loyiha orqali yashil va barqaror rivojlanishga asoslangan zamonaviy shahar konsepsiyasi yaratilayotgani xalqaro hamkorlar va investorlarning e’tiborini tortmoqda. Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi axborot xizmati rahbari Shahnoza Nurmatova AOKAda o‘tkazilgan brifingda loyihaning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2025 yilda Yangi Toshkent Fransiyadagi «MIPIM» xalqaro ko‘rgazmasi, Toshkentdagi Investitsiya forumi va “ECO EXPO-2025” ko‘rgazmalarida o‘zining maketi bilan faol ishtirok etgan. Maxsus taqdimotlar orqali dunyo investorlariga Yangi Toshkentning imkoniyatlari, yangi infratuzilma yechimlari va yashil shaharsozlik g‘oyalari tanishtirildi. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida loyiha hajmi va uning amaliy salohiyati keng jamoatchilikka namoyish qilindi. «ECO EXPO-2025» ko‘rgazmasida Yangi Toshkent loyihasi «Green City» konsepsiyasidagi barqaror shahar sifatida e’tirof etildi. Ko‘rgazma doirasida ekologik standartlar, yashil qurilish va xalqaro shaharsozlik tajribalari muhokama qilindi. Shuningdek, Yangi Toshkent hududida qurilayotgan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ham xalqaro ekspertlarning diqqat markaziga aylangan. Loyihani rivojlantirish maqsadida Yangi Toshkent direksiyasi vakillari 10 dan ortiq davlatlarga xizmat safari uyushtirgan. O‘zbekistonlik arxitektor va muhandislar 2024 yilda Angliya, Moskva va Xitoyda malaka oshirib, xalqaro kompaniyalar bilan bevosita tajriba almashgan.

Teglar

Mavzuga oid