add

Yanvar oyida inflatsiya darajasi 0,7 foizga pasaydi

2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda oylik inflatsiya 0,7 foiz bo‘lib, yillik ko‘rsatkich 7,2 foizgacha tushdi.

Yanvar oyida inflatsiya darajasi 0,7 foizga pasaydi

2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlarining oylik o‘sishi 0,7 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da, yillik inflatsiya darajasi sezilarli ravishda pasaydi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yillik inflatsiya 2025 yilning yanvar oyiga nisbatan 9,9 foizdan 7,2 foizga tushgan.

Oziq-ovqat mahsulotlarini hisobga olmagan holda inflatsiyaning oylik yig‘ma darajasi 0,6 foizga yetdi. Bu o‘tgan yil yanvar oyida qayd etilgan 0,4 foizdan yuqori. Shu bilan birga, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar narxlarining yillik o‘sish sur’ati 12 foizdan 8,1 foizgacha sekinlashgani qayd etildi.

Oziq-ovqat mahsulotlaridagi ko‘rsatkich

Yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,8 foizga oshdi. Bu dekabr oyidagi 1,5 foizlik o‘sishdan past. Ammo yillik hisobda oziq-ovqat inflatsiyasi ancha tezlashib, 2,6 foizdan 5,5 foizgacha ko‘tarildi. Bu omil aholi iste’mol xarajatlarida sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Nooziq-ovqat mahsulotlari narxi oy davomida 0,4 foizga oshgan bo‘lsa, yillik hisobda 5,2 foizlik o‘sish kuzatildi. Pullik xizmatlar segmentida esa oylik o‘sish 0,8 foizni tashkil etdi. Yillik hisobda xizmatlar narxi sezilarli darajada qimmatlashib, yuqori sur’atda o‘sishni saqlab qoldi.

Yillik inflatsiya eng yuqori hududlar

Hududlar kesimida oylik inflatsiya deyarli barcha viloyatlarda 0,6–0,7 foiz atrofida shakllandi. Yillik inflatsiyaning eng yuqori darajasi Farg‘ona viloyatida 7,7 foiz bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Jizzax viloyatida 6,7 foizni tashkil etdi. Shuningdek, yanvardan boshlab inflatsiyani hisoblashda xalqaro standartlarga asoslangan yangi metodologiya qo‘llanila boshlandi.

Jumladan:

Savdo shoxobchalarida narxlarni planshetlar yordamida raqamli ro‘yxatdan o‘tkazish;

Soliq organlari ma’lumotlar bazasidan onlayn-kassa cheklaridagi narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

Xizmatlar yetkazib beruvchilar va riteylerlarning ma’lumotlari;

Saytlar va boshqa onlayn manbalarni tahlil qilish (veb scraping);

Telefon so‘rovlari.

Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun iste’mol narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar oyning 11 kuni o‘rniga 25 kun davomida to‘planadi. Shuningdek, kuzatuvlar uchun tovarlar va xizmatlar ro‘yxati yangilandi — xususan, striminglar, messenjerlar va sun’iy intellekt xizmatlariga pullik obunalar, elektr samokatlar ijarasi va elektromobillarni quvvatlash shular jumlasidandir.

Teglar

Mavzuga oid