add

YeI o‘zbekistonlik migrantlarning aldanib qolmasligi uchun yangi markaz ochdi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda birinchi bor Migrantlar resurs markazini ochdi.

YeI o‘zbekistonlik migrantlarning aldanib qolmasligi uchun yangi markaz ochdi
Toshkentda Yevropa Ittifoqi moliyalashtirgan va O‘zbekiston hukumati hamkorligida tashkil etilgan ilk Migrantlar resurs markazi ish boshladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi xabar berdi. Qayd etilishicha, markazning asosiy maqsadi — butun mintaqadan potentsial migrantlarning xavfsiz va qonuniy migratsiyaga ko‘maklashadigan xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda noqonuniy migratsiya xavfi va odam savdosi bilan bog‘liq tahdidlar to‘g‘risida xabardorlikni oshirishdir. Bu markaz Markaziy Osiyo hududida ochilayotgan uchinchi shunday maskan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida tashkil etilgan. Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaar bu kabi markazlar odamlarni to‘g‘ri qaror qabul qilishga ko‘mak berishini ta’kidlab, migratsiyani boshqarish bo‘yicha hamkorlikni yuqori baholadi. «Toshkentdagi migrantlar uchun resurs markazi butun dunyo bo‘ylab 14 ta MRM tarmog‘idagi eng yangi markaz hisoblanadi. Ushbu yangi markaz migratsiya va qaytishni o‘ylayotgan shaxslar uchun juda foydali va dolzarb bo‘lib, ularga ongli, xavfsiz va qonuniy qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi», - deydi XMSRM Bosh direktorining o‘rinbosari va migratsiya masalalari bo‘yicha muloqot va hamkorlik bo‘limi rahbari Sedef Diring.

Teglar

Mavzuga oid

YeI o‘zbekistonlik migrantlarning aldanib qolmasligi uchun yangi markaz ochdi | Vaqt.uz