add

Yevro banknotlari so‘nggi 20 yilda yangi dizayn qilinadi

Kecha 11:353 daqiqa

Yevropa markaziy banki naqd pulning qiyofasini yangilash orqali xavfsizlik, ekologiya va umumevropa qadriyatlarini kuchaytirishni maqsad qilmoqda.

Yevro banknotlari so‘nggi 20 yilda yangi dizayn qilinadi

Yevropa markaziy banki (YeMB) yevro banknotlarining ilk yirik redizaynini amalga oshirish jarayonini rasman boshladi. Amaldagi kupyuralar 2002 yil 1-yanvardan buyon o‘zgarmagan bo‘lib, yangi bosqich naqd pulning kelajagini qayta belgilashga qaratilgan.

YeMB kengashi ikki asosiy dizayn konsepsiyasini tasdiqladi. Ular Yevropaning o‘ziga xosligini, umumiy qadriyatlarini va zamonaviy yo‘nalishlarini aks ettirishi lozim. Qaysi konsepsiya tanlanishi haqida yakuniy qaror 2026 yil oxiriga qadar qabul qilinadi.

YeSB prezidenti Kristin Lagard yevroni «valutadan ko‘ra kengroq ma’noga ega ramz» deb atab, yangi banknotlar har bir yevropalik uchun yaqin va tushunarli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

 

Tabiat yoki madaniyat

Birinchi konsepsiya — «Daryolar va qushlar» mavzusi bo‘lib, u ekologik barqarorlik va tabiiy xilma-xillikka urg‘u beradi. Har bir nominalda muayyan tabiat manzarasi va qush tasvirlanadi, orqa tomonida esa Yevropa institutlari joy oladi.

  • 5 yevro — tog‘ chashmasi, tog‘ manzarasi fonida tabiiy xarsang. Orqa tomoni: Yevropa parlamenti.

  • 10 yevro — sharshara, sharshara oldida yoki daryoning sokin qismidan chiqib turgan tosh. Orqa tomoni: Yevropa komissiyasi.

  • 20 yevro — daryoli vodiy, qumli sohilidagi asalarixo‘rlar galasi. Orqa tomoni: Yevropa markaziy banki.

  • 50 yevro — aylanib oqayotgan daryo, tekis vodiy uzra parvoz qilayotgan laylak. Orqa tomoni: Yevropa Ittifoqi sudi.

  • 100 yevro — daryo o‘zani, ozuqa axtarayotgan qush. Orqa tomoni: Yevroa kengashi va Yevropa Ittifoqi Kengashi.

  • 200 yevro — dengiz manzarasi, dengiz to‘lqinlari uzra parvoz qilayotgan qushlar. Orqa tomoni: Yevropa hisob palatasi.

Ikkinchi yo‘nalish — «Yevropa madaniyati». Unda Mariya Kallas, Lyudvig van Betxoven, Mariya Kyuri, Migel de Servantes, Leonardo da Vinchi va Berta fon Zuttner kabi tarixiy shaxslar orqali san’at, ilm-fan va jamiyat rivoji ifodalanadi.

  • 5 yevro — ijro san’ati: Mariya Kallas. Ko‘cha artistlari yo‘lovchilarga kuy chalib bermoqda.

  • 10 yevro — musiqa: Lyudvig van Betxoven. Bolalar va o‘sirlar xori ishtirokidagi qo‘shiq festivali tasviri.

  • 20 yevro — maktab va universitetlar: Mariya Kyuri. O‘qituvchi ayol va qo‘uvchilar yoki parta ustidagi kitob va noutbuklar tasviri.

  • 50 yevro — kutubxonalar: Migel de Servantes. Yoshi kattalar kitob o‘qimoqda, bolalar esa tokchadagi kitoblarga qo‘l cho‘zib turgani.

  • 100 yevro — muzeylar va ko‘rgazmalar: Leonardo da Vinchi. Barcha yoshdagi odamlar ko‘chadagi va zamonaviy san’at asarlarini tomosha qilib turgani.

  • 200 yevro — jamoatchilik kengliklari: Berta fon Zuttner. Yoshlar va qariyalar sayr qilib yurgan istirohat bog‘i.

Har ikki konsepsiya yevroni abstrakt arxitekturadan inson, tabiat va tarixga yaqinlashtirishni ko‘zlaydi.

 

Nima uchun aynan hozir?

Redizaynning asosiy sabablari qatorida qalbakilashga qarshi yangi himoya texnologiyalari, ekologik toza materiallar, ko‘rishda nuqsoni borlar uchun taktil elementlarni yaxshilash va dizaynni fuqarolarga yaqinlashtirish maqsadlari bor.

2026 yil mart oyida dizaynerlar o‘z yakuniy eskizlarini taqdim etadi. Yangi banknotlar esa yil so‘ngida qit’a aholisi bilan muhokamalardan so‘ng qaror qabul qilinganidan keyin bir necha yil ichida muomalaga kiritiladi. Eski yevro kupyuralari esa amalda qolaveradi va bosqichma-bosqich muomaladan chiqariladi.

Teglar

Mavzuga oid