add

Yevrokomissiya raisi Putin haqida keskin gapirdi

30.08.2025 | 15:003873

Ursula fon der Lyayen Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «tajovuzkor» deb atadi va Yevropa mamlakatlarini undan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Yevrokomissiya raisi Putin haqida keskin gapirdi
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Latviyaga tashrif buyurgan paytda Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida keskin fikr bildirib, uni «tajovuzkor» deya ta’rifladi. Bu haqda «The Guardian» nashri xabar berdi. Siyosatchining ta’kidlashicha, Yevropa kelajakdagi ehtimoliy xavflarga tayyor bo‘lishi zarur. Qayd etilishicha, Yevrokomissiya rahbari Latviya bosh vaziri Evika Siliney bilan uchrashuvda Latviyaning Yevropada dronlarga qarshi kurashning haqiqiy markaziga aylanganini alohida ta’kidlagan va mamlakatning mintaqada NATO xavfsizligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini e’tirof etdgan. U Yevropa faqat sharqiy chegaralar ishonchli himoyalangan taqdirdagina xavfsiz bo‘lishini uqtirib, Yevropa Ittifoqini ehtimoliy tahdidlarga faol tayyorgarlik ko‘rishga da’vat etgan.
«Putin — tajovuzkor, uning vakillari yillar davomida gibrid hujumlar va kiberhujumlar orqali jamiyatlarimizga tajovuz qilib kelmoqda», - dedi fon der Lyayen.
Yevrokomissiya raisi, shuningdek, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun tobora ortib borayotgan xavf-xatar va tahdidlarga javob berish tayyorgarligini oshirish ustida shoshilinch ishlash zarurligini ta’kidladi.
«Afsuski, sizning mamlakatingiz va boshqa Boltiqbo‘yi davlatlari bizni ogohlantirgan xavf-xatarlar haqiqatga aylandi», - deya u so‘zini yakunlagan.

Teglar

Mavzuga oid