add

Yevrokomissiya Vengriyadan Ukraina bo‘yicha izoh so‘radi

02.07.2025 | 13:4010613

Ukraina Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish muzokaralariga tayyor ekanini e’lon qildi. Yevrokomissiya esa Vengriyaning bu boradagi pozitsiyasi yuzasidan rasmiy izoh talab qilmoqda.

Yevrokomissiya Vengriyadan Ukraina bo‘yicha izoh so‘radi
Yevrokomissiya rasmiysi Giyom Merse Ukraina Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish muzokaralariga to‘liq tayyor ekanini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, rasmiy Kiyev barcha zarur shartlarni «eng og‘ir sharoitlarda» bajargan. Merse ta’kidlaganidek, endi bu masalada qaror qabul qilish navbati Vengriyaga keldi. U Vengriya qanday yo‘l tanlashini o‘zining ichki siyosati asosida hal qilishi kerakligini bildirdi. Avvalroq, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘z mamlakatida o‘tkazilgan «referendum» natijalariga tayanib, ukrainaliklarning Yevroittifoq a’zoligiga qarshi ekanini aytgan edi. Ammo rasmiy Bryussel ushbu ovoz berishni hech qanday huquqiy kuchga ega emas, deb baholagan. Yevrokomissiya Budapeshtdan bu boradagi qarshiliklar yuzasidan asosli tushuntirish berilishini talab qilmoqda. Yevropa rasmiylari Vengriyaning pozitsiyasini aniqlashtirish va muzokaralar jarayonidagi keyingi qadamlarni belgilashni kutayotganini ma’lum qilgan. Yevropa Ittifoqi Ukrainaga a’zolik berish masalasida umumiy kelishuv zarurligini ta’kidlamoqda. Shu sabab, Vengriyaning rasmiy munosabati Yevroittifoqning keyingi qarorlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid