add

Yevropa Ittifoqi o‘zining AQSH texnologiyalariga bog‘liqligini tan oldi

Yevropa Ittifoqi Amerika texnologik gigantlaridan mustaqillashish rejalarini kechiktirmoqda. Bryusselda yangilangan raqamli strategiya AQSH va boshqa yetakchi mamlakatlar bilan hamkorlikni ustuvor deb e’lon qilmoqda.

Yevropa Ittifoqi o‘zining AQSH texnologiyalariga bog‘liqligini tan oldi
Yevropa Komissiyasi 6 iyun kuni taqdim etgan yangi «Xalqaro raqamli strategiya»da Yevroittifoqning AQSH texnologiyalariga qaramligi qisqa muddatda bartaraf etilishi mumkin emasligi ochiq tan olindi. Strategiya loyihasida «texnologik ajralish amalda real emas» deya qayd etilgan. Oxirgi yillarda Yevropa AQSHga qaram bo‘lgan holda sun’iy intellekt, bulutli xizmatlar va mikrochiplar sohasida jiddiy ortda qolayotgani qayd etildi. AQSH kompaniyalari Yevropa bulutli xizmatlari bozorining 70 foizdan ortig‘ini egallab turibdi, Yevropa chiplar bozoridagi ulushi esa 10 foizga tushgan. Shu sababli, Yevropa texnologik mustaqillik emas, balki keng ko‘lamli hamkorlik strategiyasini qabul qilmoqda. Bu hamkorlik nafaqat AQSH, balki Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni ham qamrab oladi. Yevropa parlamentida qabul qilingan yangi yo‘nalishlar orasida sun’iy intellekt, kvant texnologiyalar, xavfsiz aloqa va chiplar sohasida xalqaro sheriklik imkoniyatlari belgilangan. Yevropaning texnologik mustaqillik harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchilar, jumladan Cristina Caffarra va Axel Voss yordamchisi Kai Zenner, «Eurostack» tashabbusini ilgari surgan. Biroq ayrim siyosatchilar bu harakat real asosga ega emasligini ta’kidlashmoqda. Konservativ bolgar deputati Yeva Maydelning ta’kidlashicha, Yevropa real holatni tan olishi va o‘z imkoniyatlarini aniq baholashi kerak: «Ayrim poyezdlar allaqachon ketib bo‘lgan». YeIning yangi raqamli yetakchisi Henna Virkkunen Yevrokomissiyaning ochiq siyosatini ta’kidlab, AQSH, Yaponiya va Hindistonga tashriflar uyushtirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, strategik sohalarda AQSH bilan hamkorlikni mustahkamlash zarur. Bundan tashqari, Daniyaning Kopengagen va Orxus shaharlari Microsoft xizmatlaridan voz kechishga qaratiladigan loyihalarni boshladi. Ammo Bryussel bu tashabbuslar ortida real texnologik alternativa yo‘qligini tan olmoqda.

Mavzuga oid