add

Yevropadagi avtoqism zavodlari Xitoyning eksport cheklovlari sabab yopilmoqda

04.06.2025 | 21:0025602

Yevropaning avtoqism ishlab chiqaruvchi ayrim korxonalari Xitoy tomonidan kamyob yer metallari eksportiga joriy etilgan cheklovlar sabab to‘xtab qoldi. Bu haqda Yevropa avtoqism ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (CLEPA) ma’lum qildi.

Yevropadagi avtoqism zavodlari Xitoyning eksport cheklovlari sabab yopilmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel boshidan beri yuzlab eksport litsenziyalari so‘ralgan bo‘lsa-da, ularning faqat to‘rtdan birigagina ruxsat berilgan. Uyushma ayrim rad etish holatlarini «juda ham rasmiylashtirilgan bahonalar» bilan izohlamoqda. CLEPAning bayonotida qayd etilishicha, Xitoyda eksport jarayonlari viloyatlarga qarab turlicha olib borilmoqda va ba’zi holatlarda intellektual mulkga oid maxfiy ma’lumotlar talab qilinmoqda. Agar bu byurokratik muammolar tez orada bartaraf etilmasa, kelgusi 3–4 hafta ichida yanada ko‘proq korxonalar ishini to‘xtatishi mumkin. Aprel oyida Xitoy kamyob yer metallari va magnitlarini jahon bozoriga chiqarishni vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgan edi. Bu qaror avtomobilsozlik, aerokosmik, chip ishlab chiqarish va mudofaa sanoatidagi global ta’minot zanjirlarini izdan chiqardi. Natijada Germaniya, AQSH va Hindistondagi sanoat uyushmalari hukumatlarini Pekin bilan muzokaralar o‘tkazib, masalani bartaraf etishga chaqirdi.

Teglar

Mavzuga oid