Yevropaga kirish qoidalari o‘zgardi: yangi tizim ishga tushdi

Bugun 21:071 daqiqa

10-apreldan Shengen hududida kirish-chiqishni nazorat qiluvchi yangi avtomatlashtirilgan EES tizimi joriy etildi.

Yevropaga kirish qoidalari o‘zgardi: yangi tizim ishga tushdi

Yevropa davlatlariga safar qilish tartibida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. 10-apreldan boshlab Yevropa Ittifoqi Shengen hududi chegaralarida yangi avtomatlashtirilgan kirish-chiqish tizimi — EES (Entry/Exit System)ni ishga tushirdi.

Ushbu tizim uchinchi davlat fuqarolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan keluvchi sayyohlarning harakatini raqamli ravishda qayd etib boradi.

Biometrik ma’lumotlar talabi

Yangi tartibga ko‘ra, Shengen hududidagi 29 davlatdan biriga ilk bor kirishda sayyohlardan biometrik ma’lumotlar olinadi. Jumladan, yuz tasviri va barmoq izlari ro‘yxatga olinadi hamda ushbu ma’lumotlar uch yil davomida saqlanadi.

Agar sayyoh avval Shengen vizasini olish jarayonida konsullikda biometriya topshirgan bo‘lsa, chegarada faqat qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi. Shengen hududidagi keyingi safarlar davomida esa biometrik tekshiruv talab etilmaydi.

Safar muddati va nazorat

Tizim qisqa muddatli safarlar uchun amal qiladi. Ya’ni, Shengen hududida 180 kunlik davr ichida 90 kundan ortiq qolish mumkin emas. EES ushbu qoidani avtomatik tarzda nazorat qilib boradi.

Agar sayyoh belgilangan muddatdan oshib ketsa, jarima yoki keyingi safarlar uchun kirish taqiqlanishi mumkin.

Shuningdek, biometrik ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgan shaxslarga hududga kirish avtomatik ravishda rad etiladi.

Teglar

Mavzuga oid