add

Yevroparlament 2026 yildan boshlab Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishi mumkin

04.10.2025 | 14:1321934

Yevroparlament qo‘mitasi 16 oktyabrda RePowerEU reglamentiga o‘zgartirish kiritish masalasini muhokama qiladi, unga ko‘ra Rossiya neft importi 2026 yil boshidan to‘xtatilishi mumkin.

Yevroparlament 2026 yildan boshlab Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishi mumkin
Yevroparlamentning sanoat qo‘mitasi 16 oktyabr kuni RePowerEU reglamentiga o‘zgartirishlar kiritish masalasida ovoz berishni rejalashtirmoqda. Bu tashabbusning asosiy maqsadi — Yevropa Ittifoqining Rossiya energiya manbalariga qaramligini qisqartirishdir. Bloomberg manbalarining xabar berishicha, o‘zgartirishlar qabul qilinsa, 2026 yil yanvaridanoq Rossiya neft va neft mahsulotlari importi butunlay to‘xtatilishi mumkin. Bundan tashqari, 2027 yildan boshlab Rossiyadan gaz xarid qilish ham to‘liq cheklanishi nazarda tutilmoqda. Ilk reja bo‘yicha esa YeI faqat 2027 yil oxiriga qadar Rossiya xomashyosidan voz kechishi kerak edi. Taklifga ko‘ra, qisqa muddatli shartnomalar 2026 yil 15 iyuniga qadar, uzoq muddatli kelishuvlar esa 2027 yil 1 yanvariga qadar amalda qoladi. Shu bilan birga, agar Vengriya va Slovakiyaga «Drujba» quvuri orqali olib kirilayotgan Rossiya neft yetkazib berish to‘xtatilmasa, unga qo‘shimcha bojlar joriy etilishi mumkin. Yevropa komissiyasi bu chora orqali quvur orqali gaz yetkazib berishni ham dengiz orqali yo‘lga qo‘yilgan neft ta’minoti bilan bir vaqtda cheklashni maqsad qilmoqda. Bu YeIning Moskvaga qarshi sanksiyalar paketida alohida qayd etilgan edi. Bloomberg tahlilchilari ta’kidlashicha, 2026 yil ikkinchi yarmidan jahon bozorida gaz profitsiti yuzaga kelishi kutilmoqda. Bu esa YeIning Rossiyadan bosqichma-bosqich voz kechish jarayonida narxlarning keskin oshib ketishi xavfini kamaytiradi va siyosiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi. Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen 17 sentyabrda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan suhbatdan so‘ng YeI Rossiyadan energiya xomashyosidan voz kechish jarayonini tezlashtirish niyatini bildirgan edi. Shuningdek, AQSH energetika vaziri Kris Rayt YeIning gaz importni 6–12 oyda AQSHdan olinadigan STG bilan almashtirishi mumkinligini ta’kidlagan.

Teglar

Mavzuga oid