add

Yil oxirigacha barcha viloyatlarda «Aqlli shahar» tizimi joriy etiladi

Prezident Mirziyoyev barcha viloyat markazlari va poytaxt tumanlarida yil yakunigacha «Aqlli shahar» tizimini ishga tushirishni topshirdi.

Yil oxirigacha barcha viloyatlarda «Aqlli shahar» tizimi joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari viloyat markazlari hamda Toshkent shahar tumanlari hokimlariga yil yakunigacha «Aqlli shahar» tizimini to‘liq joriy etish vazifasini topshirdi.

Qayd etilishicha, ushbu tizim shahar boshqaruvida samaradorlikni oshirish va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan. «Aqlli shahar» konsepsiyasi doirasida har bir hududda zamonaviy situatsion markazlar tashkil etiladi. Ular orqali elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, transport, yo‘l, obodonlashtirish va chiqindi xo‘jaligi tizimlari yagona raqamli platformaga ulanadi.

Bunday integratsiya orqali barcha xizmatlar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi ta’minlanib, aholi murojaatlarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish va tezkor yechimlar qabul qilish imkoni yaratiladi.

Prezident yig‘ilishda Urganch shahrida bu tizimning amalda ishlayotganini misol sifatida keltirdi. Urganchdagi situatsion markazda turli kommunal xizmatlar va boshqaruv organlari yagona tizimda faoliyat yuritmoqda. Natijada, avtomatlashtirilgan boshqaruv orqali yiliga 16 milliard so‘m iqtisod qilinmoqda.

Shuningdek, davlat rahbari boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohalarda sun’iy intellektni keng joriy etish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi. Bu texnologiya orqali mamlakatda raqamli boshqaruv samaradorligini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Россия - Украина уруши

Sun’iy intellekt

AI texnologiyalarining o‘sishi va xavflari.

Teglar

Sevaraxon Odiljonova

Sevaraxon OdiljonovaMaqolalar soni: 9

Barchasi

Mavzuga oid