Yonilg‘i quyish shoxobchalarida naqdsiz tushumlar hajmi ma’lum qilindi

Bugun 15:361 daqiqa

1–22-aprel kunlari O‘zbekistonda AYQSH tushumlari sezilarli darajada oshdi, to‘lovlarning asosiy qismi bank kartalari orqali amalga oshirilmoqda.

Yonilg‘i quyish shoxobchalarida naqdsiz tushumlar hajmi ma’lum qilindi © Foto: Vaqt.uz

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 1–22-aprel kunlari avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchalarida amalga oshirilgan naqdsiz to‘lovlar hajmi 2,49 trln so‘mdan oshdi.

Hisobotga ko‘ra, mazkur davrda kunlik o‘rtacha tushum 113,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu esa avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida to‘lov aylanmasi barqaror yuqori sur’atlarda saqlanayotganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Mart oyida o‘rtacha kunlik tushum 102,6 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan 58,1 foizi naqd, 41,9 foizi esa naqdsiz shaklda amalga oshirilgan.

Amalga oshirilgan umumiy tranzaksiyalar

Shu bilan birga, 22 kunlik davr mobaynida amalga oshirilgan umumiy tranzaksiyalar soni 20,9 mlntaga yetgan. Kunlik o‘rtacha tranzaksiyalar hajmi esa 951 mingtani tashkil qilgan.

photo_2026-04-25_14-59-36

To‘lovlar tarkibi tahliliga ko‘ra, umumiy tushumlarning 92,9 foizi amaldagi bank kartalari orqali amalga oshirilgan. Buning 88,1 foizi mavjud bank kartalari, 4,8 foizi esa QR-kod orqali to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qolgan to‘lovlar tarkibida 4,9 foiz ulush bilan moment kartalar va 2,2 foiz bilan yoqilg‘i kartalari qayd etilgan. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu tendensiya aholi orasida naqdsiz hisob-kitoblar kengayib borayotganini va bank kartalari asosiy to‘lov vositasi bo‘lib qolayotganini tasdiqlaydi.

Teglar

Mavzuga oid