Logo

Yunusoboddagi 271-maktab hududi avvalgi holatiga qaytarildi

31-iyul kuni Yunusobod tumanida bolalar maydonchalari va sport o‘yingohlari hududlaridagi qurilish holatlari o‘rganildi.

Yunusoboddagi 271-maktab hududi avvalgi holatiga qaytarildi © Foto: t.me/Rasmiy_axborot_official

31-iyul kuni Yunusobod tumanida bolalar maydonchalari va sport o‘yingohlari hududlaridagi qurilish holatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Xususan, Amir Temur Shoh ko‘chasida joylashgan 271-sonli maktab hududi ham ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘rganishlar davomida maktab hududidagi yer uchastkasi va bino-inshootlar amaldagi hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani aniqlangan. Shuningdek, hududda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni yoki noqonuniy qurilmalar mavjud emasligi qayd etildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik bitimi hamda ijara shartnomasi asosida «ASIAN SCHOOL» MCHJga 4 ming kvadrat metr yer maydoni ijaraga berilgan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tunuka bilan o‘ralgan hudud demontaj qilinib, yer uchastkasi avvalgi holatiga qaytarildi.

Mas’ullar ta’kidlashicha, bolalar maydonchalari, sport o‘yingohlari va ijtimoiy obyektlar hududlarida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Har bir holat amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqilishi va tegishli qarorlar qabul qilinishi belgilandi.

Teglar

Mavzuga oid