
Zavod ishchisi 12 yilda dollar hisobidagi milliarderga aylandi
23.08.2025 | 18:3025743
Xitoylik Ye Guofu yo‘qchilikda ulg‘aydi, maktabni bitira olmadi, quvur zavodida ishladi, ammo oxir-oqibat butun dunyodagi 1000ta do‘kon egasiga aylandi.

Faqir dehqon oilasida tug‘ilgan Ye Guofu hayotni oddiy ishchi sifatida boshlagan. U Hubeydagi Shennungjia tog‘ qishlog‘ida ulg‘aydi, hayotdagi ilk orzusi qo‘shiqchi bo‘lish edi. Ammo o‘qituvchisi uning ovozini «yoqimsiz» deb baholab, yaxshisi sukut saqlashni maslahat berdi. Shuningdek, u o‘rta maxsus ta’limni ham tugata olmadi — bunga oilasining puli yetmadi. Shu bois 21 yoshida, 1998 yilda Guofu ish izlab Foshan shahriga yo‘l oldi.
O‘sha paytda uning «mehnat daftarchasi»da faqat quvur zavodida ishlaganligi bitilgan edi. Biroq Guofu dunyodagi turli do‘konlar konsepsiyasini o‘rganib, boshqalardan g‘oya olib, buni Xitoyda amalga oshirishga qaror qildi. Bu «iqtisodiy plagiat» unga butun mamlakatda va keyinchalik chet ellarda ham ommalashgan do‘konlar tarmog‘ini yaratish imkonini berdi.
Ye Guofu tomonidan asos solingan MINISO brendi bugun dunyo bo‘ylab yuzlab shaharlarda ishlab turibdi. Ushbu brend yuqori sifatli, arzon va minimalistik tovarlari bilan mashhur. Ye Guofu Forbes ro‘yxatidagi dollar milliarderiga aylandi.
Uning hayotiy yo‘li Xitoyda ham ijtimoiy liftlar borligini ko‘rsatadi — faqat uni ishga tushirish uchun aql, fursatni payqash va qattiq mehnat kerak bo‘ladi.





