
Zelenskiy Tramp va Putinning Budapeshtdagi uchrashuviga qo‘shilmoqchi
20.10.2025 | 12:2029322
Ukraina rahbari allaqachon Trampga muzokaralarga qo‘shilishga tayyorligini bildirgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuvi rejalashtirilgan Budapeshtdagi bo‘lajak sammitda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bu haqda Zelenskiy 17 oktyabr kuni Tramp bilan uchrashuvidan so‘ng NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon Amerika rahbariga muzokaralarga qo‘shilishga tayyorligini bildirgan.
«Agar biz chindan ham adolatli va uzoq muddatli tinchlikni istasak, bu fojianing ikkala tomonini ham jalb qilishimiz kerak. Bizsiz — biz haqimizda qanday kelishuvlar bo‘lishi mumkin?», - dedi Zelenskiy.
U Putin bilan shaxsan uchrashishga tayyor ekanini ta’kidladi.
«Men Trampga aytdim: men tayyorman», - deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.





