add

Zelenskiy: Ukraina yangi uzoq masofali zarbalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

14.07.2025 | 08:4519023

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat harbiylari bosqinchi hujumlariga qattiq javob berishda davom etishini va urushni Rossiya hududiga ko‘chirish maqsadida uzoq masofali yangi zarbalarga tayyorgarlik ketma-ket olib borilayotganini ma’lum qildi.

Zelenskiy: Ukraina yangi uzoq masofali zarbalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
13 iyul kuni harbiylar va mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirokida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda Zelenskiy Rossiyaning yozdagi hujum rejalari amalga oshmayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, har bir hujumga asimmetrik va qat’iy javob beriladi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning turli yo‘nalishlardagi mudofaa salohiyati rus armiyasining hujumiy harakatlarini samarali to‘xtatmoqda. Zelenskiy Telegram orqali qilgan bayonotida shunday dedi: «Bo‘limlarimiz bosqinchilarni yo‘q qilishda davom etadi va urushni Rossiya hududiga ko‘chirish uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani amalga oshiradi. Yangi uzoq masofali zarbalarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz». Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy esa Xerson viloyatida bir yoshli bolaning halokatiga sababchi bo‘lgan rossiyalik harbiylarning yo‘q qilinganini prezidentga ma’lum qilgan. Zelenskiy buni «adolatli javob» deb atadi. Sirskiy shuningdek, Sumi va Xarkiv chegara hududlari, Zaporijjya, Pokrovsk va Novopavlovsk yo‘nalishlaridagi holat haqida ma’lumot bergan. Uning aytishicha, Ukraina mudofaa salohiyati ushbu hududlarda ham mustahkamlanmoqda. Prezident AQSH generali Kellogning Ukrainaga tashrifi arafasidagi tayyorgarliklar hamda harbiy sheriklar bilan qurol yetkazib berish bo‘yicha hamkorliklar davom etayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukrainaning qurollar ehtiyojining 40 foizi mamlakat ichida ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish maqsad qilingan.

Teglar

Mavzuga oid