add

1 maydan 31 avgustgacha yengil avtomobillarga old yon oynalar «tonirovka»si 412 ming so‘mga tushirildi

07.08.2025 | 15:0020793

O‘zbekistonda maydan avgustgacha M1 toifadagi (haydovchilik o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan) avtotransport vositalari uchun tonirovkaga ruxsatnoma narxi arzonlashadi. Bunda belgilangan to‘lov 412 ming so‘mni tashkil etadi.

1 maydan 31 avgustgacha yengil avtomobillarga old yon oynalar «tonirovka»si 412 ming so‘mga tushirildi
O‘zbekistonda har yili 1 maydan 31 avgustgacha M1 toifasiga kiruvchi avtotransport vositalari uchun orqa va old yon oyna shishalarini qoraytirishga yengilliklar beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asoslangan yangi tartibda qayd etilgan. Yoz oylarida tonirovka qilish uchun jismoniy va yuridik shaxslardan 1 BHM — ya’ni 412 ming so‘m to‘lov undiriladi. To‘lov ruxsatnoma rasmiylashtirilgan sanaga bog‘liq bo‘lmasdan, to‘liq amalga oshiriladi. Bu mudatdan boshqa vaqtlarda quyidagicha narx amal qiladi:
  • Orqa yon oynalar va orqa oyna — bepul
  • Old eshiklar oynalari — 8 BHM yillik (3 296 000 so‘m)
Qoraytirishga ruxsat faqat belgilangan davrda amal qiladi. Bundan tashqari, bu tartib faqat M1 toifali transport vositalariga nisbatan joriy qilingan. Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi 547-son va 2021 yil 28 iyuldagi 465-son qarorlariga kiritilgan o‘zgartishlar asosida tasdiqlangan. Qonunbuzarlik holati aniqlansa, belgilangan javobgarlik choralari qo‘llanilishi mumkin. Shu sababli, haydovchilardan belgilangan muddat va talablarga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.

Teglar

Mavzuga oid