add

26-dekabr kuni O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Bugun 14:153171 daqiqa

Ertaga respublika hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir, qor va tuman kuzatilishi mumkin.

26-dekabr kuni O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

26-dekabrda O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo sharoiti turli hududlarda bir-biridan farq qiladi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatilsa, ko‘pchilik hududlarda quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi, havo harorati kechasi va kunduzi +3...+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida ayrim joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol tezligi sekundiga 7–12 metrni tashkil qiladi. Kechasi havo -5...-10 daraja sovuq, kunduzi esa -3 daraja sovuqdan +2 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, Navoiy viloyatining ayrim hududlarida esa qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman kuzatiladi. Harorat kechasi -2 daraja sovuqdan +3 daraja iliqqacha, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, asosan quruq bo‘ladi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim hududlarida yomg‘ir ehtimoli bor. Kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Respublika tog‘li hududlarida ayrim joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi -2...-7 daraja sovuq atrofida saqlanadi.

Teglar

Mavzuga oid