Logo

5 epizod, ko‘rsatmalar va qamoqdan keyingi arizalar: Sirojiddin Odilov sudidan reportaj

Bugun 20:564 daqiqa

Juma kungi mahkamada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan jami 6 ta epizoddan 5 tasi bo‘yicha ishtafsilotlari o‘rganildi. Majlis davomidajabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglanib, ular sudya, prokuror hamda advokatlar tomonidan so‘roq qilindi.

24-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida bloger Sirojiddin Odilovga (ijtimoiy tarmoqlarda Sirojiddin Media) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Vaqt.uz muxbiri xabar berdi.

Sud majlisiga sudya Sanjar Rasulov raislik qilayotgan bo‘lsa, davlat ayblovini prokuror Nodir Jafarov qo‘llab-quvvatlamoqda.

Juma kungi mahkamada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan jami 6 ta epizoddan 5 tasi bo‘yicha ish tafsilotlari o‘rganildi. Majlis davomida jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglanib, ular sudya, prokuror hamda advokatlar tomonidan so‘roq qilindi.

Jumladan, birinchi epizodda jabrlanuvchi R.X. 2021-yilda ko‘p qavatli uydan xonadon sotib olish uchun to‘lov qilgani, lekin uy quruvchi tomonidan vada qilingan vaqtda topshirilmagani, pulini ham qaytarib ololmaganini bildirdi. U shu muammo bilan bloger Sirojiddin Odilovga murojaat qilgan. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u bloger va u bilan ishni o‘rgangan advokatga xizmatlari uchun malum summa to‘lagan, biroq uy uchun qilgan to‘lovini to‘liq undirolmagan. U shu tufayli, to‘rt yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, bloger ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

Ishda Odilovni himoya qilayotgan advokatlar jamoasi yesa qilingan to‘lovlarning katta qismini tasdiqlovchi yozma shartnoma yoki kvitansiyalar mavjud yemasligi, shuningdek, jabrlanuvchining rasmiy idoralarga murojaat qilgani, MIB orqali pul undirish jarayonidagi noaniq sanalar hamda chalkash raqamlarga yetibor qaratmoqda. Ularning takidlashicha, murojaatchi bloger qilgan videodan so‘ng pullarining malum qismini bo‘lsa-da undirgan. Shuningdek, qolgan pullar haqiqatda ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovdir.

Ikkinchi epizodda Pastdarg‘om buyum bozoridagi yong‘indan so‘ng bozor haqida negativ malumotlar tarqalishining oldini olishni istagan nazoratchi (X.U.) blogerga shartnoma asosida 1 million so‘m berganini aytyapti. U 2026-yilda, Odilov qamoqqa olinganidan xabar topgan holda Samarqand viloyat ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Advokatlar yesa bu ish doirasida muddat va ariza mazmunini shubha ostiga olishyapti. Ularga ko‘ra, voqea 2023-yilda bo‘lgan bo‘lsa-da, ariza aynan bloger qamalganidan so‘ng — 2026-yilda yozilgan. Himoya tomoni jabrlanuvchiga nisbatan hech qanday tovlamachilik yoki majburlash belgilari bo‘lmaganini, uchrashuv va takliflar ixtiyoriy kechganini takidlamoqda.

Uchinchi epizodda pastdarg‘omlik boshqa bir fuqaro jabrlanuvchi sifatida qatnashmoqda. U 2024-yilda tog‘asining mahallasidagi muammolarni yoritish uchun bloger Sirojiddin Odilovga murojaat qilgan. Odilov tumanga kelib muammolarni yoritgan, buning uchun shartnoma asosida to‘lov qilingan. Ammo mahalla raisi o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shagach, u blogerdan videoni chiqarmaslikni va pullarni qaytarib berishni so‘raganini aytmoqda. Odilov advokatlarining pozitsiyasi yesa boshqacharoq: ular jabrlanuvchining shaxsiy moddiy zarari yo‘qligi (pul qishloq odamlaridan yig‘ilgani), u mahalla ahlining nomidan gapirish uchun hech qanday huquqiy vakolatnomaga yega yemasligi va bloger o‘z xizmatini (videoni tasvirga olib yelon qilishni) to‘liq bajarganini, shuningdek, ariza Odilov qamoqqa olingandan keyingina yozilganini aytmoqda.

To‘rtinchi epizodda shu tumanlik boshqa bir fuqaro I.V. jabrlanuvchi sifatida qatnashmoqda. U 2025-yilning may oyida qo‘shnisi bilan ko‘chaga yegalik qilish masalasida kelishmay qolgan va shu tufayli bloger Sirojiddin Odilovga murojaat qilgan. Jabrlanuvchining davosicha, u oldindan 4,5 million so‘m berib, blogerga holat yuzasidan video tayyorlatgan. Video ijtimoiy tarmoqqa chiqqan, ammo muammo hal bo‘lmagan. Davogar blogerning unga muammoni hal qilib berishini aytganini bildirib, muammo hal bo‘lmagani uchun puli qaytarilishi hamda bloger qonun oldida javob berishi kerakligini takidlamoqda. O‘z navbatida, Odilovning advokatlari bloger o‘z zimmasiga olgan xizmatni (murojaatni yoritishni) bajarganini sudga isbotlashga urinmoqda. Ularga ko‘ra, muammoning ijobiy hal bo‘lishi blogerning vakolatiga kirmaydi va to‘lov xizmat uchun ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgan.

Juma kuni ko‘rilgan so‘nggi — beshinchi epizodda qurilish firmasi vakili (D.Sh.) jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatma berdi. U blogerning qurilish kompaniyasi haqida avvalroq salbiy mazmunda video yelon qilgani va bu videodan so‘ng biznesga katta zarar yetgani, videoni o‘chira olmasligini bilib, vaziyatni yumshatuvchi ikkinchi video chiqarish uchun 12 million so‘m to‘lov qilganini malum qildi. Jabrlanuvchiga ko‘ra, to‘lov uchun shartnomani uning sherigi tuzgan.

Bu epizod bo‘yicha ham advokatlar aksincha fikrda. Ular Odilovning dastlabki videosi firmaning haqiqatda mavjud muammolari haqida chiqarilgani, o‘sha paytda bazi mijozlar chindan kompaniyadan norozi bo‘lgan holda Odilovga murojaat qilishganini bildirishdi. Advokatlarning sudga ko‘rsatishicha, qurilish kompaniyasi shu muammolardan keyin sud oldida javobgarlikka ham tortilgan va mijozlarga malum to‘lovlarni qilishga majbur bo‘lgan. Himoyachilar bloger murojaatchi mijozlar arizasi bo‘yicha xolis faoliyat olib borgani hamda ikkinchi video uchun to‘lov rasmiy xizmat ko‘rsatish doirasida bo‘lganini bildirmoqda.

Sud surishtiruvlari va guvohlarni so‘roq qilish jarayoni davom yetmoqda.

Malumot uchun, Sirojiddin Odilov shu yilning 9-mart kuni huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan yedi. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining:

165-moddasi 2-qismi «a» bandi (takroran sodir yetilgan tovlamachilik);

168-moddasi 3-qismi «b» va «v» bandlarida (takroran, xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir yetilgan firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir yetganlikda gumonlanmoqda.

O‘sha vaqtda Odilovning advokatlari Xurshida Nasriddinova va Shohruh Hamidov Pastdarg‘om tuman IIBga borib, himoya orderini taqdim yetishgani, biroq Ichki ishlar bo‘limi xodimlari Odilovni binoning orqa darvozasidan olib chiqqan holda sudga sanksiya uchun olib ketishgani hamda davlat hisobidan advokat qatnashtirishganini keskin tanqid qilib chiqqan yedi.

Advokatlarning iddoyasicha, bu vaziyatda Odilovning himoyalanish huquqi buzilgan, advokatlarning professional faoliyatiga yesa to‘sqinlik qilingan.

Ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bugun, 27-iyul kuni davom yettiriladi.

Bloger Sirojiddin Odilov ustidan sud boshlandi

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 121

Barchasi

Mavzuga oid