add

Bolalar uchun taqiqlanadigan ijtimoiy tarmoqlar: O‘zbekiston oldidagi yangi dilemma

Dunyo davlatlarida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanar ekan, O‘zbekiston ham yaqin yillarda ushbu bahs oldida qolishi mumkin. Xo‘sh, ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash zaruratmi yoki muammoga yuzaki javobmi?

Bugungi muhokamamiz mavzusi o‘zbek jamiyati uchun hozircha keskin kun tartibida turgan masala emasdek tuyulishi mumkin. Ammo dunyo tajribasi shuni ko‘rsatyaptiki, bu — faqat vaqt masalasi. Hozir AQSH, Yevropa va Osiyoning qator davlatlarida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan, qonunchilik darajasida ko‘rib chiqilayotgan ushbu masala ertaga yoki indin bizda ham jamiyatni ikkiga bo‘ladigan, keskin fikrlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan mavzulardan biriga aylanishi aniq.

Gap voyaga yetmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash yoki tartibga solish haqida bormoqda. Ayrim davlatlar bundan bolalar psixikasini, diqqatni jamlash qobiliyatini va ruhiy salomatlikni himoya qilishni maqsad qilsa, boshqalari buni so‘z erkinligi, shaxsiy tanlov va zamonaviy dunyodan uzib qo‘yish xavfi bilan bog‘lamoqda. Demak, masala bir yoqlama emas: cheklovlar nimani beradi, nimani olib qo‘yadi — bu savol hali ochiq.

O‘zbekiston uchun ham bu mavzu begona emas. Bolalarning ekran oldida o‘tkazayotgan vaqti ortib borayotgan bir paytda, davlat, maktab va ota-onalar qanday yo‘l tutishi kerak? To‘liq taqiq yechimmi yoki oqilona tartibga solish samaraliroqmi? Cheklovlar ortidagi ehtimoliy xatarlar, kutilmagan ijtimoiy va ruhiy oqibatlar haqida yetarlicha o‘ylab ko‘rilyaptimi?

Bugun mehmonlarimiz — pedagog, Toshkentdagi «Lider» maktabi asoschisi Feruza Vahobova, Profi School maktabi direktori Xurshid To‘xtanazarov hamda faylasuf, so‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab katta muhokamalarga sabab bo‘lgan va o‘zbek tiliga tarjima qilingan «Behalovat avlod» asari muharriri Xurshid Yo‘ldoshev bilan birga ushbu masalani turli nuqtayi nazarlardan tahlil qilamiz.

Teglar

Mavzuga oid

Bolalar uchun taqiqlanadigan ijtimoiy tarmoqlar: O‘zbekiston oldidagi yangi dilemma | Vaqt.uz