Logo

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi

Kecha 16:151 daqiqa

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida anonim xabar berish imkoni yaratildi. Murojaatlar 1246 qisqa raqami orqali qabul qilinadi.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi © Ijtimoiy tarmoqlar

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berish uchun 1246 qisqa raqamli ishonch telefonini ishga tushirdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Endi fuqarolar 1246 raqami orqali bolalarga nisbatan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar haqida anonim tarzda xabar berishi mumkin. Agentlik murojaat qiluvchilarning shaxsi to‘liq sir saqlanishini kafolatlashini bildirdi.

Qanday holatlar qabul qilinadi?

Ishonch telefoni orqali quyidagi holatlar haqida xabar berish mumkin:

— bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zo‘ravonlik;

— beparvolik va shafqatsiz munosabat;

— bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa har qanday vaziyatlar.

Agentlikning ta’kidlashicha, hozirda call-markaz test rejimida faoliyat yuritmoqda.

Bolalar xavfsizligi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi fuqarolarni bolalar huquqlari buzilishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

«Har bir bola xavfsiz va mehrga to‘la muhitda ulg‘ayish huquqiga ega. Agar siz bolaga nisbatan zo‘ravonlik, beparvolik yoki uning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlarga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda albatta xabar bering.», — deyiladi agentlik murojaatida.

Teglar

Mavzuga oid