
Dam olish kunlari O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi
Shanba va yakshanba kunlari respublika hududlarida qor yoki yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
© Javhar ChorshanbiyevaDam olish kunlari davomida O‘zbekiston hududlarining katta qismida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Juma kunning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +1...+6 daraja iliq, shimolda -2...-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Shanba kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi +7...+12 iliqqacha ko‘tariladi.
Yakshanba kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0...+5 daraja iliqni, kunduzi +10...+15 daraja iliqni tashkil etadi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 6 va 8-fevral kunlari ayrim joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda juma kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik kuzatiladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat +3...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Harorat ertaga kechasi -1 daraja sovuq, +1 daraja iliq, kunduzi +9...+11 daraja iliq, yakshanba kuni kechasi +1...+3 daraja iliq, kunduzi +13...+15 daraja iliq bo‘ladi.





