add

Dang‘arada sim ishlab chiqaruvchi 10 mln dollarlik zavod qurilyapti

21.07.2025 | 10:4511312

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida mis va alyumin simlar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik sanoat loyihasi amalga oshirilmoqda. Unga 10 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilingan.

Dang‘arada sim ishlab chiqaruvchi 10 mln dollarlik zavod qurilyapti
Loyiha «Osiyo kabellari» MCHJ tomonidan yo‘lga qo‘yilmoqda. Uning doirasida 100 nafar yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ushbu tashabbus yuzasidan Tojikistonlik investor Shuhradjon Ashurmatov va uning hamkori Fotima Imomova bilan учрашув o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida loyihaning amalga oshirilish bosqichlari, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Hokim tomonidan loyihani qo‘llab-quvvatlash va zarur amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidlandi. Mazkur loyiha mintaqada sanoat salohiyatini oshirish, ishsizlikni kamaytirish va eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Ayni paytda loyihani jadal sur’atda amalga oshirish uchun mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. Sim mahsulotlariga ichki bozorda va qo‘shni davlatlarda talab yuqori bo‘lgani sabab, loyiha kelgusida eksport salohiyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Dang‘arada sim ishlab chiqaruvchi 10 mln dollarlik zavod qurilyapti | Vaqt.uz