Logo

Dunyoning eng boy odami Ukrainani Rossiyaga yon berishga chaqirdi

Kecha 21:371 daqiqa

Amerikalik milliarder Ilon Mask «The Economist» nashriga bergan intervyusida Rossiya qo‘shinlarining to‘liq chekinishini kutish haqiqatdan yiroq ekanini aytib, urushni davom ettirayotganlarni keskin tanqid qildi.

Dunyoning eng boy odami Ukrainani Rossiyaga yon berishga chaqirdi

Amerikalik milliarder va «SpaceX» asoschisi Ilon Mask Ukrainadagi urushni tugatish faqat Rossiyaga ma’lum yon berishlar orqali mumkinligini bildirdi. Bu haqda u «The Economist» nashriga bergan intervyusida gapirdi.

Maskning fikricha, Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududini to‘liq tark etishini kutish haqiqatdan yiroq.

«Men ancha vaqtdan beri tinchlik tarafdoriman. Bir necha yil oldin Rossiyaga muayyan yon berishlar berish zarurligini yozgan edim. Bu mening Rossiyani qo‘llab-quvvatlashimni anglatmaydi, shunchaki pragmatik yondashganman», — dedi u.

«Men tinchlik tarafdoriman»

Ilon Maskning ta’kidlashicha, Ukraina frontida vaziyat so‘nggi ikki-uch yil davomida deyarli o‘zgarmagan va har kuni ko‘plab odamlar halok bo‘lmoqda.

Milliarder, shuningdek, «front chizig‘ida odamlar halok bo‘layotgan bir paytda, hashamatli joylarda yetti xil taomdan iborat kechki ovqat tanovul qiladigan hamda Rossiyaning chekinishi shartligi haqida jar solib, ammo o‘zlari u yerga borishni xayoliga ham keltirmaydigan gerdaygan diplomatlar» uning g‘azabini qo‘zg‘ayotganini aytgan.

Mask bundan avval ham shunday fikr bildirgan

Bu Ilon Maskning Ukrainadagi urush bo‘yicha birinchi bayonoti emas. U avval ham mojaroni muzokaralar orqali hal qilish zarurligini ta’kidlagan.

Jumladan, 2025 yil mart oyida «Fox News» telekanaliga bergan intervyusida u urush tinchlik kelishuvi bilan yakunlanishini aytgan va AQSH prezidenti Donald Trampning mojaroni hal qilish ish bo‘yicha sa’y-harakatlarini «ish berishi aniq bo‘lgan yagona reja» deb baholagan.

Teglar

Mavzuga oid