add

Ekologik talabni buzgan 2 mingdan ortiq haydovchiga chora ko‘rildi

14.08.2025 | 10:3042462

O‘zbekistonda «Toza havo» aksiyasining birinchi bosqichida 251 mingdan ortiq avtomobil tekshirilib, 2 ming 222 tasida ekologiyani buzuvchi moddalarning me’yordan ortiqligi aniqlandi.

Ekologik talabni buzgan 2 mingdan ortiq haydovchiga chora ko‘rildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotiga кўра, birinchi bosqich 2025 yil 10 apreldan 10 maygacha o‘tkazilgan. Zamonaviy uskunalar yordamida tekshirilgan 251 858 ta avtomobilning 0,9 foizida havoga chiqarilayotgan moddalar belgilangan me’yordan oshib ketgan. Bunday holatlarda haydovchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan. Hozirgi paytda aksiyaning ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. U 10 avgustdan 10 sentyabrgacha, Toshkent shahrida esa 10 sentyabrdan 10 oktyabrgacha davom etadi. Tadbirning maqsadi — transport vositalari texnik holatining ekologik ta’sirini baholash va atmosfera havosi sifatiga e’tiborni kuchaytirish. Vazirlikka ko‘ra, bu tashabbus mamlakatda atmosfera havosini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirishga xizmat qiladi. 2024 yilda o‘tkazilgan aksiyada 303 haydovchiga nisbatan 50,1 mln so‘m jarima qo‘llanilgan edi. Avvalroq poytaxtning ayrim ko‘chalarida tezlik chegarasini 80 km/h gacha oshirish taklifi muhokama qilingani haqida xabar qilgan edik.

Teglar

Mavzuga oid