
Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin
O‘zgidromet 6-fevral kuni respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qilindi.
© Javhar Chorshanbiyeva6-fevral kuni O‘zbekiston viloyatlarida yog‘ingarchilik, tuman va ayrim joylarda kuchli shamol kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +3...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -7...-12 daraja sovuq, ba’zi joylarda -14 daraja sovuqqacha, kunduzi 0...-5 daraja sovuq, ba’zi joylarda -7 daraja sovuqqacha, Ustyurtda kechasi -15...-18 daraja sovuq, kunduzi -9...-12 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi +1...+6 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +1...+6 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +2...+7 daraja sovuq bo‘ladi.
5-9-fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.





