Hafta boshida yomg‘ir yog‘adimi?
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +30 darajadan yuqori, kechasi +20 darajadan past bo‘ladi.
© Vaqt.uz | Javhar ChorshanbiyevaO‘zgidromet 7-sentabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +16...+18, kunduzi +32...+34 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda kuzning birinchi oyida qanday ob-havo kutilayotgani haqida yozgan edik.





