Logo

Hafta davomida harorat +44 darajagacha isiydi

Kecha 11:251 daqiqa

13-17-iyul kunlari O‘zbekistonda bo‘ylab issiq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Hafta oxiriga borib issiq yanada kuchayishi mumkin.

Hafta davomida harorat +44 darajagacha isiydi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 13-17-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Dushanba kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha issiq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Hududning katta qismida havo harorati +38...+41 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +42...+44 darajagacha bo‘ladi.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha issiq asta-sekin kuchayib boradi.

Kunduzgi havo harorati +41...+43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +42...+44 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari havo dim bo‘lib, +23...+28 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +28...+33 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

13-14-iyul kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

13-iyulda Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Bugun va ertaga kunduzgi havo harorati +38...+40 daraja, 15-17-iyulda +40...+43 daraja, kechalari esa asosan +25...+28 daraja bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid