add

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

01.12.2025 | 15:452942 daqiqa

2-7-dekabr kunlari mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +3...+13 daraja, kechasi esa -3...+5 daraja atrofida bo‘ladi.

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

O‘zbekiston bo‘ylab hafta davomida yo‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 3-4-dekabrda kechasi -3...+2 daraja, 5-6-dekabrda -2...-7 daraja sovuq, kunduzi 3-dekabrda +5...+10 daraja iliq, 4-6-dekabrda +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 3-4-dekabrda kechasi 0...+5 daraja, 5-6-dekabrda -2...+3 daraja, kunduzi 3-dekabrda +10...+15 daraja, 4-5-dekabrda +6...+11 daraja, 6-dekabrda +8...+13 daraja bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 3-6-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman ham tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 3-dekabrda kechasi -2...+ 3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 4-dekabrda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja, 5-dekabrda kechasi 0...+5 daraja, ba’zi joylarda -2 darajagacha sovuq, kunduzi +6...+11 daraja, 6-dekabrda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4-5-dekabrda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, 3 va 6-dekabrda ba’zi joylarda -2 darajagacha sovuq, kunduzi 3-dekabrda +13...+18 daraja, 4-6-dekabrda kechasi +10...+15 daraja, 5-dekabrda +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-dekabrda -2...+3 daraja, 4-5-dekabrda 0...+5 daraja, 6-dekabrda -2...+3 daraja, kunduzi 3-4-dekabrda +8...+13 daraja, 5-6-dekabrda +6...+11 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog;li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 3-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-6-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4-dekabrda -2...+3 daraja iliq, 5-6-dekabrda -1...-6 daraja sovuq, kunduzi 3-dekabrda +5...+10 daraja iliq, 4-dekabrda +3...+8 daraja, 5-6-dekabrda 0...+5 daraja  bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid