add

Kim Chen In Shimoliy Koreyani o‘zgartirishga va’da berdi

31.01.2026 | 11:301 daqiqa

Unga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab shahar va okruglarning deyarli uchdan bir qismi o‘zgartiriladi.

Kim Chen In Shimoliy Koreyani o‘zgartirishga va’da berdi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In 20 ta hududda yangi tibbiyot muassasalari, ko‘ngilochar majmualar va boshqa obyektlarni qurish orqali mamlakatni o‘zgartirishini ma’lum qildi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 20 ta hududda yangi tibbiyot muassasalari, ko‘ngilochar majmualar va sanoat korxonalarini qurish orqali mamlakatni o‘zgartirishga va’da bergan. U ushbu va’dani KXDR janubi-g‘arbidagi Xvanxe-Namdo provinsiyasida qurilish loyihasiga start berish chog‘ida tilga oldi.

«Butun mamlakat bo‘ylab shahar va okruglarning deyarli uchdan bir qismi o‘zgartiriladi», - deb ta’kidlagan Kim Chen In.

Jurnalistlarning qayd etishicha, KXDR hukumati mamlakatni «sotsialistik ertak»ka aylantirish rejalari haqida muntazam gapirib keladi. Masalan, 2022 yil sentabrida ikkita yangi qonun yordamida hukmron partiya qishloq joylarida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish niyatida edi.

Teglar

Mavzuga oid