add

«Langar» qo‘rg‘onida ikkita dor yo‘li yopildi

12.08.2025 | 12:306802

Xatirchi tumanida talablarga javob bermagan ikki dor yo‘li texnik nosozliklar bartaraf etilguncha faoliyatdan to‘xtatildi.

«Langar» qo‘rg‘onida ikkita dor yo‘li yopildi
O‘zA xabariga ko‘ra, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mutasaddilari Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi «Langar» qo‘rg‘onida o‘rnatilgan dor yo‘llarining texnik holatini o‘rgandilar. Tekshiruv davomida ikki dona dor yo‘li amaldagi talab va me’yorlarga javob bermasligi aniqlandi. Maxsus ruxsatnoma olinguncha va texnik nosozliklar to‘liq bartaf etilguncha ulardan foydalanish qat’iy ta’qiqlandi. Qo‘mita aholiga madaniyat va istirohat bog‘lari hamda ko‘ngilochar maskanlarda shubhali yoki nosoz attraksionlarga duch kelganda «attraksion_nazorati» mobil platformasi orqali xabar berishni tavsiya qilmoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bunday tekshiruvlar aholi xavfsizligini ta’minlash va attraksionlardagi nosozliklardan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan. Talablarga javob bermagan qurilmalar egalariga ularni me’yoriy holatga keltirish uchun tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bartaraf etish ishlari yakunlangandan so‘nggina faoliyatni qayta tiklashga ruxsat beriladi.

Teglar

Mavzuga oid