Majburiy talablarni maqbullashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Bugun 12:491 daqiqa

Bozorlar faoliyatiga oid 500 dan ortiq talabni tizimlashtirish orqali ularning kamida 30 foizini maqbullashtirish mumkinligi ma’lum qilindi.

Majburiy talablarni maqbullashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 12-may kuni tanishgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida byurokratiyani qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimotda majburiy talablarni qayta ko‘rib chiqish va ularni maqbullashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda bozorlar faoliyatiga oid 20 ga yaqin hujjatda 500 dan ortiq talab tarqoq holda yuritilmoqda. Ularni tizimlashtirish orqali talablarning 30 foizdan ortig‘ini maqbullashtirish mumkin.

Shuningdek, sanitariya talablariga muvofiqlik dalolatnomasi hamda ko‘rikdan o‘tadigan xodimlar ro‘yxatini elektron tizim orqali shakllantirish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.

Majburiy talablar reyestri

Taqdimotda tadbirkorlik sohasidagi barcha majburiy talablarni Majburiy talablar reyestriga kiritish, ularni amaliy ko‘rsatkichlar asosida baholash va kompleks monitoring qilish taklif etildi.

BAA va Singapur tajribasi asosida samarasiz, eskirgan va ortiqcha byurokratik talablarni bekor qilish, “Biznes kalkulator”, “gilyotina” usuli hamda “one in — one out” mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, har bir talabning samaradorligini kuzatish va har 3 yilda natijadorligini tahlil qilish tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid