add

Ohangaronda HOWO yuk mashinasi YPX avtomobiliga borib urildi

23.07.2025 | 13:1543242

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida HOWO yuk avtomobili yo‘l chetida turgan YPX patrul mashinasini kelib urdi. YPX xodimlari bu yerga boshqa YTHni rasmiylashtirish uchun kelgan

Ohangaronda HOWO yuk mashinasi YPX avtomobiliga borib urildi
Bugun tonggi soat 05:00 atrofida Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A373 «Toshkent–O‘sh» avtomobil yo‘lining 39-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB Matbuot xizmati ma’lum qildi. Avvalroq 1969 va 1992 yillarda tug‘ilgan haydovchilar boshqaruvidagi Gentra va Cobalt avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH sababli YPX xodimlari Lacetti xizmat mashinasida voqea joyiga yetib kelishgan. Ular patrul mashinasini mayoqchalarini yoqqan holda qatnov qismining o‘ng tomoniga joylashtirishgan. Biroz vaqt o‘tib, “Toshkent–Olmaliq” yo‘nalishida harakatlanayotgan, 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk mashinasi patrul Lacetti avtomobilining yon qismiga borib urgan. Hodisaga haydovchining tajribasizligi va harakat paytidagi e’tiborsizligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hodisa oqibatida faqat avtomashinaga zarar yetkazilgan, odamlar jarohat olmagan.

Teglar

Mavzuga oid