
O‘zbekiston va XMT munosib mehnatni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tuzadi
14.06.2025 | 12:0027583
O‘zbekistonda munosib mehnatni ta’minlash va xalqaro mehnat standartlarini joriy etish yo‘lida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikda yangi «yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi. Mazkur tashabbus Jenevadagi yuqori darajadagi muzokaralar natijasida kelishib olindi.

Oliy Majlis Senati raisi va Odam savdosiga qarshi kurash hamda munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiya rahbari Tanzila Norboyeva Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Xalqaro mehnat standartlari departamenti direktori Korinn Varga bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekiston tomonidan xalqaro mehnat konvensiyalarini ratifikatsiya qilish borasida olib borilayotgan tizimli va izchil islohotlar alohida qayd etildi. Mamlakat bugungacha XMTning 25 ta konvensiyasi va 1 ta protokoliga qo‘shilgan.
Muzokaralar davomida XMT tavsiyalarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasida maxsus «yo‘l xaritasi» ishlab chiqilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Mazkur hujjat 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan munosib mehnat bo‘yicha Milliy dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Korinn Varga O‘zbekistonda mehnat huquqlari sohasida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni yuqori baholab, mamlakat MOTning ishonchli hamkori sifatida o‘zini namoyon etayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, O‘zbekistondagi mehnat inspeksiyasi tizimi boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek, muzokaralarda O‘zbekistonning ijobiy tajribasini xalqaro maydonda targ‘ib qilish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, bu borada Markaziy Osiyo parlamentlarining muloqot maydonlari, xotin-qizlar forumlari va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik muhim





