
O‘zbekistonda ayollar rahbarligidagi korxonalar soni qanchaligi aytildi
21.08.2025 | 14:453722
Hududlar kesimida eng ko‘p tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 43 860 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2 611 taga ko‘payib, 6,3 foizlik o‘sishni qayd etdi.
Hududlar kesimida eng ko‘p korxonalar Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan — 12 814 ta. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (5 598 ta) va Samarqand viloyati (3 905 ta) turibdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 2 866 ta shunday korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xorazm viloyatida 2 673 ta, Surxondaryoda 2 656 ta, Buxoroda 2 434 ta, Farg‘ona viloyatida 2 035 ta, Navoiyda 2 025 ta korxona ayollar rahbarligida tashkil etilgani qayd etilgan.
Qashqadaryo viloyatida 1 879 ta, Jizzaxda 1 366 ta, Sirdaryoda 1 252 ta, Andijonda 1 227 ta hamda Namanganda 1 130 ta kichik korxona va mikrofirmalar ayollar rahbarligida ish yuritmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu tendensiya mamlakatda ayollar tadbirkorligi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar samarasi sifatida baholanmoqda.





