Logo

O‘zbekistonda hafta davomida harorat pasayadi

Bugun 13:551 daqiqa

Dam olish kunlaridagi jaziramadan keyin O‘zbekistonda havo biroz salqinlashadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir, kuchli shamol va sel-suv toshqinlari xavfi ham saqlanib qoladi.

O‘zbekistonda hafta davomida harorat pasayadi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Avgust oyining ilk dam olish kunlarida kuzatilgan kuchli issiqdan so‘ng respublika hududida havo harorati biroz pasayadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Ushbu ish haftasi davomida havo harorati +35...+38 darajadan +32...+35 darajagacha o‘zgarib turadi. Faqat respublikaning eng chekka janubida bugun kunduzi havo harorati +40...+43 daraja, 4-7-avgustda +38...+40 daraja atrofida bo‘ladi.

Bu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Faqat respublikaning tog‘li hududlarida, shuningdek 4-avgustda Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkent viloyati, hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

3-5-avgust kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 3 va 6-7-avgustda +35...+38 daraja, 4 5-avgustda +33...+35 daraja bo‘ladi. Kechalari havo harorati +20...+23 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 metrgacha, 4-avgustda 12-15 metrgacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Teglar

Mavzuga oid