
O‘zbekistonda kelasi hafta issiq havo bilan boshlanadi
O‘zbekistonda dam olish kunlaridagi nisbatan salqin ob-havodan so‘ng, dushanba kuni harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +20…+22 daraja, kunduzi +36…+38 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +15…+20 daraja, kunduzi +32…+37 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7-2 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda tezlik soniyasiga 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18…+23 daraja, kunduzi +34…+39 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +17…+22 daraja, kunduzi +34…+39 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda +13…+18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18…+23 daraja, kunduzi +35…+40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +16…+21 daraja, kunduzi +32…+37 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda +13…+18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12…+17 daraja, kunduzi +25…+30 daraja bo‘ladi.





