Logo

O‘zbekistonda poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgarish kiritildi

08.09.2025 | 17:153 daqiqa

9-sentyabrdan boshlab ayrim yo‘nalishlarda poyezdlar harakat vaqti yangilanadi.

O‘zbekistonda poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgarish kiritildi
9-sentyabrdan e’tiboran bir qator yo‘nalishlarda poyezdlar jadvalida yangi vaqtlar qo‘llaniladi, deya xabar berdi «Temiryo‘lekspress». Yangilangan jadvalga ko‘ra, «Toshkent — Buxoro» va «Buxoro — Toshkent» yo‘nalishlarida bir nechta reyslarning ketish va kelish vaqtlari o‘zgardi. Shuningdek, «Toshkent — Qarshi», «Toshkent — Shahrisabz» hamda «Toshkent — Samarqand» yo‘nalishlari uchun ham yangi soatlar belgilandi. Jumladan, 778-sonli «Toshkent — Buxoro» poyezdi endi soat 06:08 da yo‘lga chiqib, 10:14 da Buxoroga yetib boradi. Shu kuni 777-sonli «Buxoro — Toshkent» poyezdi esa 18:00 da yo‘lga chiqib, 22:08 da manzilga yetishi ko‘zda tutilgan. 764-sonli «Toshkent — Qarshi» reysi 06:33 da jo‘nab, 10:07 da yetib boradi. Qaytib keluvchi 763-sonli «Qarshi — Toshkent» poyezdi esa 17:29 da yo‘lga chiqib, 21:04 da poytaxtga yetib keladi. Bundan tashqari, 774-sonli «Toshkent — Shahrisabz» poyezdi 06:33 da ketib, 11:12 da yetib boradi. 766-sonli «Toshkent — Samarqand» reysi esa 08:00 da jo‘nab, 10:25 da Samarqandga yetishi belgilangan. Yangi jadval bo‘yicha «Toshkent — Buxoro» yo‘nalishida yana bir nechta qo‘shimcha vaqtlar joriy etildi. Xususan, 768-sonli reys 07:30 da, 770-sonli reys 08:30 da, 772-sonli reys esa 19:41 da yo‘lga chiqadi. Ularga mos ravishda qaytib keluvchi poyezdlar vaqti ham o‘zgartirilgan. «Temiryo‘lekspress» ma’lumotiga ko‘ra, o‘zgarishlar yo‘lovchilarning talab va takliflaridan kelib chiqib amalga oshirilgan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgarish kiritildi | Vaqt.uz