
Past Darg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi
2024 yil iyun oyidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Sherzod Rahmonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Past Darg‘om tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida hokim almashdi. Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Pardayev Jamshid Arziyevich Past Darg‘om tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Jamshid Pardayev mazkur tayinlovga qadar tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. U mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, hududni kompleks rivojlantirish hamda davlat dasturlari ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etgan.
Shu bilan birga, 2024 yil iyun oyidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Sherzod Rahmonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Past Darg‘om tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning faoliyati davomida bir qator ijtimoiy va xo‘jalik masalalari hal etilgani qayd etildi.
Avvalroq Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga Temur Asomidinovich Mahmudov nomzodini taklif qilgan edi.





