add

Qashqadaryoda 2 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan bog‘cha rahbari 3 yilga qamaldi

20.09.2025 | 11:3043563

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida ikki yoshli qizaloq mashina ichida qolib ketib, dimiqib vafot etgan edi. Bolani o‘z Spark avtomashinasida unutib qoldirgan xususiy bog‘cha rahbariga sud hukmi o‘qildi.

Qashqadaryoda 2 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan bog‘cha rahbari 3 yilga qamaldi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 2 yoshli qiz mashina ichida qolib ketib vafot etgani haqida xabar bergan эдик. 11 senyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudida ko‘rilgan ishda bog‘cha rahbari Lola Haqnazarovaga nisbatan hukm o‘qildi. Sud hujjatlariga ko‘ra, u 2024 yilda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etgan va unga rahbarlik qilib kelgan. Voqea joriy yilning 20 iyun kuni Koson tumani Ushoqtepa mahallasida sodir bo‘lgan. Haqnazarova haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasa-da, turmush o‘rtog‘i Spark avtomobilida mahalladagi bolalarni uylaridan bog‘chaga tashib yurgan. Shu kuni ham 7 nafar bolani olib chiqqan va ularni tushirish paytida ikki yoshli qizaloq Z.I.ni mashinada unutib qoldirgan. Mashina eshiklari yopiq holatda qolgan bola olti soat davomida havo yetishmasligidan vafot etgan. Sud jarayonida ayblanuvchi aybini to‘liq tan oldi. U o‘sha kuni tarbiyachi ishga kelmaganini va barcha ish o‘z zimmasiga qolganini aytdi. Qizaloqning onasi esa sudda bog‘cha rahbarining e’tiborsizligini hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini bildirdi va qonuniy jazo talab qildi. Sud Lola Haqnazarovani Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (kasbiy vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan aybli deb topdi. Unga uch yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo manzil koloniyada o‘talishi belgilandi.

Teglar

Mavzuga oid

Qashqadaryoda 2 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan bog‘cha rahbari 3 yilga qamaldi | Vaqt.uz