add

«Tashabbusli byudjet» qaysi hudud uchun zarur?

25.07.2025 | 13:3031512

2025 yilning 2-mavsumi uchun «Tashabbusli byudjet» dasturida ishtirok etayotgan mahallalar soni bo‘yicha hududlar kesimida dastlabki 10 kunlik natijalar ma’lum qilindi. Qaysi viloyatlar faol, qaysilari esa sust ishtirok etmoqda?

«Tashabbusli byudjet» qaysi hudud uchun zarur?
2025 yildagi «Tashabbusli byudjet»ning 2-mavsumi doirasida joriy etilgan loyihalarni qabul qilish jarayonining dastlabki 10 kunligida 9 448 ta mahallaning 7 345 tasida loyiha takliflari taqdim etildi. Bu umumiy mahallalarning 78 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, 823 ta mahalla ayni paytda loyiha taqdim qilishdan tanaffus olgan, 1 280 ta mahallaning hali hech qanday loyihasi qabul qilinmagan. Eng ko‘p loyiha taqdim etgan viloyatlar qatorida Farg‘ona (1 495 ta), Namangan (1 336 ta) va Surxondaryo (1 316 ta) viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Biroq ba’zi hududlarda mahallarning ishtirok darajasi ancha past. Xususan, Andijon viloyatida faqat 71 foiz mahalla loyiha yuborgan. Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 75 foiz, Samarqand viloyatida esa 79 foizni tashkil etmoqda. Bu raqamlar aholini davlat xarajatlari va mahalliy infratuzilmani shakllantirishdagi ishtirokini oshirish bo‘yicha hududiy idoralar oldida yanada samarali ishlarni talab qilayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid