add

Toshkent shahar sudiga yangi rais tayinlandi

18.12.2025 | 14:404931 daqiqa

Oliy sud raisi o‘rinbosari Olimjon Hamitovich Ismailov Toshkent shahar sudi raisi bo‘ldi.

Toshkent shahar sudiga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston sud tizimida rahbar kadrlar tarkibiga doir navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi. Ismailov Olimjon Xamitovich sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga tayinlanib, shu bilan birga besh yil muddatga Toshkent shahar sudining raisi lavozimini egalladi. U bunga qadar Oliy sud raisi o‘rinbosari edi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur qarorlar sud tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish, sud ishlarini ko‘rishda yagona amaliyotni ta’minlash hamda kadrlar mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan. Tayinlovlar amaldagi qonunchilik va kadrlarni baholash mezonlariga muvofiq amalga oshirilgani qayd etildi.

Shuningdek, Almamedov Ulug‘bek Alidjanovich besh yil muddatga Toshkent shahar ma’muriy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Ergashev Baxodir Abdurasulovich sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyat ma’muriy sudining raisi lavozimigatayinlandi.

Bundan tashqari, Abduraimov Farrux Soyibjonovich besh yil muddatga Sirdaryo viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi. U shu munosabat bilan Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi. Ushbu tayinlovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17-dekabrdagi tegishli farmoyishlariga muvofiq amalga oshirildi.

Teglar

Mavzuga oid